Assalomu alaykum

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Muhammad ibn ahmad al-beruniy”

o‘rta maxsus islom bilim yurtining rasmiy saytiga xush kelibsiz

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit. Beatae distinctio dolor dolore doloremque illum itaque minima quasi qui totam ullam. Architecto commodi eaque ipsum numquam ...

RO‘ZANING FAZILATLARI.

7
01 May 2020

Bandalarining har ikki dunyo saodatini ko‘zlab, ro‘zani Islomning farz ibodatlari qatoriga qo‘shgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!

Ummatlariga mehr ko‘rgazib, ro‘za tutmoqni barcha sir-asrorlari ila o‘rgatib ketgan habib Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo janoblariga abadul abad salovotu salomlar bo‘lsin!
Dindosh birodarlariga ro‘za haqidagi oyat va hadislarni yetkazib ta’lim bergan sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin!
Qur’on va cunnatdan ro‘za haqidagi ma’lumot va ta’limotlarni chuqur o‘rganib, ulardan tegishli ahkomlarni chiqarib, tartibga solgan va osonlashtirib ketgan mujtahid ulamolarimizga Allohning rahmati bo‘lsin!
Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men – O‘zim berurman, dedi. Ro‘za saqlovchidir. Qachon qaysi biringiz ro‘zador bo‘lsa, fahshdan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so‘kishmoqchi yoki urishmoqchi bo‘lsa, men ro‘zadorman, desin. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, albatta, ro‘zador og‘zining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki xursandlik bordir. U ikkisini ham yashagay. Qachon iftor qilsa, xursand bo‘lgay va qachon Robbisiga muloqot bo‘lganda, ro‘zasi ila xursand bo‘lgay», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Boshqa bir rivoyatda:
«Odam bolasining hamma amali (savobi) ko‘paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o‘n mislidan to yetti yuz barobarigacha. Alloh azza va jalla: «Magar ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini Men berurman. U (Odam bolasi) shahvati va taomini Men uchun tark qilur», dedi» deyilgan.
Sharh: Bu rivoyatda hadisi qudsiy bilan hadisi sharif aralash holda kelmoqda.
Alloh taolo nomidan aytilgan so‘zlar hadisi qudsiy va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan aytilgani hadisi sharifdir.
Avvalo, hadisi qudsiy kelmoqda:
«Alloh taolo Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men – O‘zim berurman», dedi».
Demak, insonning ro‘zadan boshqa hamma qilgan amali o‘zi uchun bo‘ladi. Faqatgina tutgan ro‘zasi Alloh uchundir. Buni qandoq tushunish mumkin? Javobi qo‘yidagicha:
Ro‘zadan boshqa hamma amallarda amal qilguvchi xohlasa ham, xohlamasa ham bir oz xo‘jako‘rsinlik, o‘zgalarning havasi, maqtovi, obro‘-e’tibor paydo bo‘ladi.
Misol uchun, namoz o‘qigan odam tahorat qilganida, namozga joy tanlaganida va nihoyat namoz o‘qiyotganida boshqalar ko‘radi. Bu odam namoz uchun tahorat qilmoqda, bu odam namoz uchun joy tanlamoqda, bu odam namoz o‘qimoqda, yaxshi odam ekan, degan fikr xayolidan o‘tib, unga hurmat-e’tibor bilan qaraydi.
Shunga o‘xshab, zakot berganida har qancha yashirsa ham hech bo‘lmaganda zakotni olgan kishi bilib, haqqiga duo qiladi.
Hajga borganida esa, umuman, shov-shuv bo‘lib ketadi. Qaytganidan so‘ng guruh-guruh kishilar ziyoratiga keladi. «hoji aka» yoki «hoji ona» degan nom bilan chaqiriladi.
Ro‘zada esa, bu narsalarning birortasi yo‘q, kechasi hech kim ko‘rmaydigan vaqtda saharlik qiladi. Kunduzi esa hamma barobar yuraveradi. Iftor vaqti kirayotganda ham, hech kimsiz yolg‘iz o‘zi qolganida ham ro‘zador Alloh taolo ko‘rib turganini his qilib, og‘zini ochib yubormaydi. Ana shularning hammasi ro‘za Alloh uchun tutilishining belgisidir.
Shuning uchun ham yolg‘iz Alloh uchun bo‘lgan ibodatning mukofotini Alloh taolo O‘zi bilib berishga va’da qilmoqda. Bu haqiqatni yana ham to‘liq tushunib olishimizga boshqa bir rivoyatdan keltirilgan qo‘shimcha yordam beradi.
«Odam bolasining hamma amali (savobi) ko‘paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o‘n mislidan to yetti yuz barobarigacha. Alloh azza va jalla: «Magar ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini Men berurman. U(odam bolasi) shahvati va taomini men uchun tark qilur», dedi».
Demak, ro‘zadan o‘zga amallarning savobi qay miqdorda ko‘paytirib berilishi belgili. Bir savob beriladigan amalning savobi o‘n martadan to yetti yuz martagacha ko‘paytirilishi mumkin. Ammo undan ortiq bo‘lmasligi ham mumkin.
Shu bilan birga, ro‘za uchun beriladigan savobning ko‘payishi shunchalarki, uni Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi, idrok ham qila olmaydi. Ro‘zadorning amali bunchalar yuqori baholanishining sababi u faqat Alloh taolo uchun taomi va shahvatini tark qilib, ro‘za tutganidandir.
Ushbu rivoyatning hadis qismida esa, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ro‘zaning fazilatlari haqida va ro‘zador o‘zini qanday tutishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar.

«Ro‘za saqlovchidir».
Ro‘zaning saqlovchiligi umumiydir. U ro‘zadorni turli yomon ishlardan, gunohlardan, kasalliklardan, ahloqsizliklardan saqlaydi, eng muhimi, do‘zaxga tushishdan saqlaydi.
«Qachon qaysi biringiz ro‘zador bo‘lsa, fahsh¬dan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin».
Fahsh, uyatsiz so‘zlarni gapirish musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, baqir-chaqir qilish ham. Musulmon ro‘zador bo‘lganida uning obro‘-e’tibori yana ham oshadi. Uning ro‘za ila berk og‘zidan hech bir behuda, noma’qul so‘z chiqmasligi kerak. Ayniqsa, fahsh so‘zlar, so‘kish, g‘azab ila sodir bo‘ladigan baqir-chaqirlar umuman, chiqmasligi kerak. Agar ro‘zadorning ixtiyoridan tashqari, boshqa birovlar uni baqir-chaqirga majbur qilsa ham, undan saqlanib qolish yo‘li bor.
«Agar birortasi u bilan so‘kishmoqchi yoki urishmoqchi bo‘lsa, men ro‘zadorman, desin».
Shu orqali o‘zining so‘kishishi va urishishi mumkin emasligini o‘ziga ham, o‘zgaga ham eslatsin. Ro‘zaning hurmatidan so‘kishni va urishishni tark qilsin. Bu naqadar yuksak odob! Bu naqadar olijanoblik!
Darhaqiqat, Allohga ibodat qilish uchun, Allohning farz qilgan ro‘zasini tutish uchun berkitilgan og‘izdan fahsh so‘zlar, so‘kishlar, baqir-chaqirlar chiqishi hech to‘g‘ri emas. Bunday og‘izdan doimo yaxshi, go‘zal va foydali so‘zlar chiqishi kerak.
«Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, albatta, ro‘zador og‘zining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo‘yroqdir».
Ma’lumki, ovqat yegandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, taom hazm bo‘lish jarayonida og‘izdan hid chiqadi. Odatda o‘sha hid maqtovga sazovor hid emas. Ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ro‘zadorning og‘zidan chiqadigan, arabchada «xaluf» deb nomlanadigan o‘sha hid Allohning huzurida mushku anbarning hididan ham afzal ekanini qasam ila ta’kidlamoqdalar. Bu ro‘zaning fazli qanchalar ulug‘ ekanini ko‘rsatadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu so‘zlarini fuqaholarimiz yaxshi o‘rganib, ro‘zador kishi peshindan keyin misvok qilmasligi kerak, mabodo u misvok qilib og‘zini tozalasa, o‘sha mushku anbardan ko‘ra xushbo‘y hid ketib qoladi, deganlar.
Ro‘zaning fazilatlari shu bilan tamom bo‘lib qolmaydi. Yana davom etaveradi.
«Ro‘zadorga ikki xursandlik bordir. U ikkisini ham yashagay».
Qachon iftor qilsa, xursand bo‘lgay.
Qachon Robbisi ila muloqotga yuzlanganda, ro‘zasidan xursand bo‘lgay.
Demak, mazkur ikki xursandlik faqat ro‘za tutgan kishilar uchungina bo‘ladi. Bu ham ro‘zaning buyuk fazilatlaridandir.
Darhaqiqat, kun bo‘yi ro‘za tutib, vaqti kelganida iftor qilgan inson o‘ta xursand bo‘ladi. Alloh amr qilgan ibodatni ado etganidan, hadsiz-hisobsiz savoblarga ega bo‘lganidan, oxiratiga zamin tayyorlaganidan xursand bo‘ladi. Ochlik, tashnalikdan so‘ng halol taomga yetishganidan xursand bo‘ladi. Bunday xursandlik, albatta, faqat ro‘za tutgan kishigagina nasib etadi. Oxiratda esa, Alloh ila muloqot bo‘lganda tutgan ro‘zasi uchun jannatga kiritilganidan xursand bo‘ladi. Ro‘za tutmaganligi uchun do‘zaxga tushishi vojib kishilar qanday ham xursand bo‘lsinlar?!.
Demak, hayotimizda ushbu hadisi sharifga hech og‘ishmay amal qilmoq lozim. Toki Robbimiz bizga farz qilgan ro‘zani bexato tutaylik. Ro‘zador kishining odoblari ila odoblanaylik. Ana shunda hadisda va’da qilingan martabalarga sazovor bo‘lurmiz, inshaalloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Hadis va Hayot” kitobining 9 soni Ro‘za kitobidan tayyorlandi.
Denov tuman bosh imom xatibi: P.Toshboyev


  • Muallif: Admin
  • 01 May 2020
  • 0
  • 67

Nuqtai nazar

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit. Aliquam animi aperiam asperiores autem consequatur distinctio ea earum esse exercitationem molestias neque nesciunt, nisi placeat possimus quos repellendus repudiandae veritatis voluptatem!

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!”

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!”

ShAYX A.MANSUR “MO‘MIN MO‘MINGA OYNA KABIDIR”

ShAYX A.MANSUR “MO‘MIN MO‘MINGA OYNA KABIDIR”

“Johillarga aslo ergashmang!!!”

“Johillarga aslo ergashmang!!!”

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!”

“Yoshlar haqiqiy tayanch va ishonchni his qilmoqda!”

15 Mart 2018
Muallif: Admin

Fiqh fanidan onlayn dars

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit. Excepturi totam tenetur suscipit, modi earum ratione recusandae, repellendus consequuntur exercitationem ex, at magnam. Officiis itaque amet modi, harum reiciendis. Culpa, temporibus.

xikmatlar gulshani